pastga

Uch qadamda tayyor

01

Yuklang

Videoni shu yerga tortib tashlang — boshqa hech narsa kerak emas.

02

Tahrirlang

Skriptni ko'ring, so'zlarni tuzating, uslub va rangni tanlang.

03

Yuklab oling

Subtitr yopishtirilgan videoni yoki alohida .srt faylni oling.

Videolaringizga 1 Bosishda O'zbekcha Animatsiyali Subtitr Qo'ying

​

Reels, Shorts va TikTok uchun The Bold Font, Montserrat, Blur-Up va Captions AI uslubidagi professional o’zbekcha subtitrlar.

Lotin, kirill & ingliz 30+ uslub, 50+ shrift 99% aniqlik

Bepul sinab ko’ring

Videoni shu yerga tashlang

yoki bosing va fayl tanlang · MP4, MOV, MKV, WEBM · 500 MB gacha, 3 daqiqagacha

Trend Uslublar

Trenddagi O'zbekcha Subtitr Uslublari

Reels, Shorts va TikTok platformalarida eng ko'p ko'rilayotgan animatsiya va shriftlar to'plami.

Eng mashhur

Highlight (Karaoke)

Aytilayotgan so'z rangi birma-bir o'zgaradi. Instagram va TikTok uchun klassika.

Trend 2026

Blur Up (Xiralikdan Ko'tarilish)

Montserrat shriftida pastdan yumshoq xiralik bilan ko'tarilib chiquvchi estetik uslub.

MrBeast uslubi

Pop & Bounce

Faol so'z kattalashib zarba beradi yoki sakraydi — energiyali videolar uchun.

Captions AI

Fon (Oq Kapsula)

Aytilgan so'z qora, orqa foni oq kapsula shaklida ajraladi.

Eksport

CapCut, Premiere Pro va After Effects uchun .srt fayl

Subtitrni o'z montaj dasturingizda ishlatmoqchimisiz? Tayyor videodan tashqari .srt faylini ham olasiz — uni deyarli barcha dasturlar o'qiydi. Video tayyor bo'lishini kutish shart emas: matn tanilgan zahoti fayl yuklab olinadi.

Subtitr'dan olish

  1. 1

    Videoni yuklang

    Saytga yoki ilovaga videoni yuklang va matn tanilishini kuting.

  2. 2

    Matnni tekshiring

    Kerak bo'lsa so'zlarni to'g'rilang — fayl aynan siz tahrirlagan matn bilan chiqadi.

  3. 3

    “Subtitr fayli (.srt)” tugmasini bosing

    Tugma tayyorlash tugmasining yonida turadi. Fayl kompyuteringizga yuklab olinadi.

Dasturga qo'shish

CapCut
Matn (Text) → Mahalliy subtitr (Local subtitle) → faylni tanlang
Premiere Pro
File → Import → .srt faylni tanlang → timeline'ga tortib qo'ying
After Effects
File → Import → File → .srt faylni tanlang
DaVinci Resolve
Media Pool → o'ng tugma → Import Subtitle
YouTube
Studio → Subtitles → Upload file → .srt

Eslatma: .srt fayli faqat matn va vaqtni olib yuradi. Saytdagi animatsiyali uslublar, ranglar va shriftlar unga sig'maydi — bezakni montaj dasturining o'zida qo'yasiz. Uslublar bilan tayyor natija kerak bo'lsa, videoni shu yerdan yuklab oling.

Savol-Javoblar

Ko'p Beriladigan Savollar

Subtitr.uz xizmati haqida eng muhim ma'lumotlar va qulayliklar

Subtitr.uz qanday ishlaydi?↓

Siz videongizni yuklaysiz, bizning o'zbek tiliga maxsus moslashtirilgan AI modelimiz ovozni 99% aniqlikda matnga aylantiradi va trenddagi animatsiyali subtitrlarni (Blur Up, Words Down, Highlight, Pop) videoga joylashtirib beradi.

Reels va TikTok uchun qaysi shriftlar bor?↓

900 dan ortiq shrift bor — Montserrat, Anton, Archivo Black, Poppins, Bebas Neue, Kanit, DM Serif va boshqalar. Har bir QATORGA alohida shrift tanlash mumkin, ya'ni bitta subtitr ichida bir necha shrift ishlatiladi.

Subtitr.uz dan foydalanish bepulmi?↓

Ha, ro'yxatdan o'tganingizda profilingizga bepul tangalar beriladi. Sinab ko'rishingiz va videolaringizga to'liq bepul subtitr qo'yishingiz mumkin.

O'zbek tili shevalari va so'zlari to'g'ri yoziladimi?↓

Ha, tizimimiz o'zbek tilining lug'at bazasi va grammatik qoidalariga moslashtirilgan bo'lib, ovozni aniq lotin yoki kirill alifbosida xatosiz chiqaradi.